Oʻzbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday boʻladi?

  • 03 aprel 2019, 19:53
  • 1 056
  • Iqtisodiyot
  • Oʻzbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday boʻladi?
    Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yangi hisobotiga koʻra, infratuzilmaga yuqori xarajatlar, investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish va qishloq xoʻjaligidagi oʻsish Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishini qoʻllab-quvvatladi, biroq kreditlar ekspansiyasi, tezlashayotgan inflyatsiya va joriy toʻlov balansi taqchilligi ortishi bilan bogʻliq xatarlar saqlanib qolmoqda.

    2019 yilda Osiyo taraqqiyoti sharhida tashkilot 2019 yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot 5,2 foizga va 2020 yilda 5,5 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda.

    Valyutani liberallashtirishning uzoq muddatli taʼsiri kommunal xizmatlar uchun narx oshishi, non narxi erkinlashtirilishi, ish haqi va pensiyalar miqdori koʻtarilishi hamda kreditlashning tezkor oʻsishi bilan birga inflyatsiya surʼatini tezlashtirdi.

    Oʻrtacha inflyatsiya darajasi 2017 yilda 13,7%dan 2018 yilda 17,9%gacha koʻtarildi. Bu almashuv kurs kursining barqarorligi, qattiq monetar siyosat va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishga bojlar bekor qilishiga qaramay yuz berdi.

    Investitsiyalar 2019 yilda iqtisodiyot oʻsishining asosiy dastagi boʻlib qoladi, shu tariqa, investitsion muhitni yanada yaxshilash va ishlab chiqarish, togʻ-kon sanoati, elektr energiyasini ishlab chiqarish, transport hamda uy-joy qurilishini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya dasturlarini amalga oshirishni aks ettiradi.

    Inflyatsiya 2019 yilda 16 foizgacha, 2020 yilda esa 14 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Bu davlat dasturlari doirasida kreditlashning oʻsishi sekinlashishi va bojxona jarayonlarini yanada optimallashtirish importni osonlashtirishiga bogʻliq.

    2018 yil noyabr oyida energiya tashuvchilar narxining koʻtarilishi, 2019 yil iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarining rejalashtirilayotgan oshirilishi, keyinchalik ish haqi va pensiyalar miqdoriga oʻzgartirish kiritilishi hamda importga bojxona toʻlovlarini oshirish tomoniga qayta koʻrib chiqish natijasida inflyatsiya bosimi saqlanib qoladi.

    Kutilishicha, joriy toʻlov balansi taqchilligi 2019 yilda YAIM 7 foizi darajasi qoladi va 2020 yilda 6,5 foizgacha qisqaradi.

    Tovarlar eksportining oʻsishi 2019 yilda 10% va 2020 yilda 12%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu oltin narxining koʻtarilishi, Xitoy tomonining tabiiy gazga boʻlgan barqaror talabi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Rossiya va qoʻshni mamlakatlarga eksporti ortishi hamda paxta tolasini toʻqimachilik mahsulotlariga qayta ishlashning koʻpayishini aks ettiradi.

    Tovarlarni import qilish 2019 yilda 25 foiz va 2020 yilda 20 foizga oʻsishi prognoz qilinyapti, sababi infratuzilma loyihalariga talab va sanoatni modernizatsiya qilish davom etishi ushbu tarmoqlar uchun importni koʻpaytiradi. Davlatning rivojlanish dasturlari uchun tashqi mablagʻlar, prognozlarga koʻra, tashqi qarzni 2019 yil va 2020 yilda YAIMdan 35 foizgacha oshiradi.

    Hisobotda irrigatsiya sohasidagi islohotlarni birinchi oʻringa qoʻyish taklif etilmoqda, bu yerda yerlar inqirozi va suv tanqisligi muammosi mavjud.

    Hukumatga iqlim oʻzgarishi oqibatlarini moslashtirish va yumshatish, fermerlarning xizmatlar va moliyalashtirishdan bemalol foydalanishi hamda yerlardan foydalanish huquqini taʼminlash masalalarini hisobga olgan uzoq muddatli sektor strategiyasini ishlab chiqish tavsiya qilindi.

    Bundan tashqari, Oʻzbekiston qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik orqali transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va iqlimiy barqarorlikka koʻmaklashishi kerak.

    Manba: Kun.uz

    » » Oʻzbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday boʻladi?