Foto: «Xabar.uz»
Shu kunlarda mamlakatimizga Hindiston va Bangladeshning tekstil, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, logistika va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.
Xorijlik ishbilarmonlarning bir guruhi 5-6 aprel kunlari Namangan, 7-8 aprel kunlari Andijon viloyatiga keldilar.
Tashrif davomida xorijiy tadbirkorlar viloyat hokimlari qabulida bo‘lib samarali muzokaralar o‘tkazishgan. Bundan tashqari delegatsiya a’zolari viloyatlar hududlariga, ishlab chiqarish korxonalariga borib, joylardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Namangan viloyatida shifoxona tashkil qilish va tekstil yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha birlamchi kelishuvlarga erishildi.
Andijon viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston-Hindiston farmatsevtika yo‘nalishiga ixtisoslashgan Erkin Iqtisodiy zonasidagi qo‘shma loyihalarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Ishbilarmonlarning O‘zbekiston bo‘ylab tashrifi davom etmoqda.
Qayd etilishicha, bir necha kunlardan so‘ng yana bir guruh hindistonlik tadbirkorlarning Andijon va Namangan viloyatlariga kelishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?