12:55 / 08.05.2019
3 652

O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi

O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 7 may holatiga 1 kg. so‘mda).

Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori»)da - bir kilogrammi 28 ming so‘m.

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da - 48 ming so‘m. Eng arzoni Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (30 ming so‘m).

Kartoshkaning eng qimmati Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq -ovqat bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Toshkent viloyatidagi «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (4000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m).

Piyozning eng qimmati Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori»da (2700 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori»da (500 so‘m).

Sabzining eng qimmati Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori», Toshkent viloyatidagi «Chirchiq dehqon bozori», «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da (3000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (1500 so‘m).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori», Toshkent viloyatidagi «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (6500 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori»da (3000 so‘m).

Guruchning eng qimmati Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da (17 500 so‘m). Eng arzoni Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng qimmati Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (12 500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (7600 so‘m).

Shakarning eng qimmati Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Navoiy shahridagi «Saxovat bozori», Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahridagi «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahridagi «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Urganch shahridagi «Urganch markaziy dehqon bozori»da (5500 so‘m). Eng arzoni Toshkent viloyatidagi «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4500 so‘m).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi