20:11 / 17.05.2019
2 910

XVF rahbari bayonoti: “Oʻn yilliklar davomida Oʻzbekiston notoʻgʻri formula asosida rivojlangan”

XVF rahbari bayonoti: “Oʻn yilliklar davomida Oʻzbekiston notoʻgʻri formula asosida rivojlangan”
Yaqin vaqtga qadar bir necha o‘n yillik davomida O‘zbekiston dunyodagi eng yopiq va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan davlatlardan biri edi. O‘zbekiston - jadal rivojlanuvchi xususiy sektorni yaratmagan mamlakat edi. Endilikda amalga oshirilmoqchi bo‘lgan islohotlarni hisobga olib aytish mumkinki, bu unchalik to‘g‘ri formula bo‘lmagan, dedi bugun Markaziy bank binosida chiqishi davomida XVF boshqaruvchi direktori Kristin Lagard.

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar O‘zbekiston yana bir karra insonlarni ilhomlantiruvchi davlat maqomini o‘ziga qaytarishga intilayotganidan dalolat beradi, dedi Lagard.

"Shuni ham aytib o‘tishim joizki, so‘nggi ikki yilda amalga oshirilayotgan islohotlar trayektoriyasi, davlat rahbaringizning shijoati ko‘plab kuzatuvchilarni, shu jumladan XVFni ham ilhomlantirmoqda", - dedi Kristin Lagard.

Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori O‘zbekiston taraqqiyoti uchun yangi formulani sanab o‘tdi.

Bu formula: sifatli investitsiyalar ko‘lamini oshirish, makroiqtisodiy va moliyaviy stabillikni ushlab turish va korrupsiyaga qarshi kurashdan iborat.

Lagardga ko‘ra, ayniqsa, korrupsiya ildizi yo‘qotilmasa, bu kelishi mumkin bo‘lgan investorlarni mamlakatdan uzoqlashtirishi mumkin.
Kristin Lagard XVJ bor salohiyatini ishga solgan holda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » XVF rahbari bayonoti: “Oʻn yilliklar davomida Oʻzbekiston notoʻgʻri formula asosida rivojlangan”