20:10 / 18.05.2019
4 054

MB raisi qanday maqsadlar uchun imtiyozli kredit berilmasligini aytdi

MB raisi qanday maqsadlar uchun imtiyozli kredit berilmasligini aytdi
Faoliyatning ba’zi turlari uchun imtiyozli asosda kreditlar ajratilmaydi. Bu haqida "Har bir oila – tadbirkor" davlat dasturi ijrosi borasida Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tgan muhokamada bayon qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kredit berilmaydi:

– xizmat avtomobillari ta’minoti, mebel, uyali telefon sotib olish;
– alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
– savdo-vositachilikni amalga oshirish;
– ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
– umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
– aloqa xizmatlariga to‘lov;
– ma’muriy xarajatlarni to‘lash;
– ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish.

"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasidagi kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda, davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Kreditlar yillik 8 foiz stavkasi asosida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Muhokamada "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning ijtimoiy nafaqalarga ta’siri xususida so‘z bordi.

"Albatta, ijtimoiy himoya uchun pul ajratishda oilaning umumiy daromadi hisobga olinadi. Tadbirkorlikdan pul tushishi ijtimoiy nafaqalar miqdoriga ta’sir qilishi ko‘pchilikni o‘ylantirishi mumkin. Masalaning bu jihati ham ko‘rib chiqildi. Shaxsan davlat rahbarining ko‘rsatmalariga asosan, bu dastur doirasida tadbirkorlik qilib, daromad topayotganlarning ijtimoiy himoya to‘lovlari kamaytirilmasligi belgilangan", – dedi Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Akmalxon Ortiqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » MB raisi qanday maqsadlar uchun imtiyozli kredit berilmasligini aytdi