O‘zbekistonda san’atkorlar soliq to‘lamaydi(mi)?

  • 21 may 2019, 08:50
  • 1 178
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda san’atkorlar soliq to‘lamaydi(mi)?
    Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot markazi
    Badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini yaratishni ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir nechta qarorlari bilan konsert-tomosha faoliyatini tartibga solish, uni litsenziyaalash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

    Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 maydagi 270-son qarori bilan litsenziya va ruxsatnoma talablari hamda shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, litsenziatlar va konsert tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish «O‘zbekkonsert» davlat muassasi zimmasiga yuklatildi. Avvallari bu ishlarni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi yuritar edi.

    Ya’ni, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida Madaniyat vazirligi huzuridagi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Xo‘sh, litsenziyani kimlar olishi mumkin? U faqat ijrochilarga — jismoniy shaxslarga va ijodiy jamoalarga – yuridik shaxslarga beriladi.

    Aytish mumkinki, «Konsert tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarda san’at ahli, shu yo‘nalishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar uchun bir muncha qulayliklarni ko‘rish mumkin. Aslida olingan litsenziya 5 yil muddatgacha amal qiladi.

    Ammo talabgorning arizasiga ko‘ra, 5 yildan kam muddatga ham berilishi mumkin. O‘zgartirish kiritilgunga qadar, uning «eng kam vaqti» 1 yil edi. Yuqoridagi hujjat bilan u 3 oygacha qisqardi.

    Yana bir muhim o‘zgarishni davlat bojini to‘lashda ko‘rish mumkin.

    Avvallari bu mablag‘ litsenziya talabgorlari tomonidan estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasining depozit hisob raqamlariga o‘tkazilardi. O‘zgartirish bilan endilikda litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga to‘lanadi va u quyidagicha taqsimlanadi:

    - 30 foizi respublika byudjetiga;
    - 70 foizi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga.

    Darvoqe, avvallari litsenziya berilgan sanadan bir yil o‘tmasdan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda yoki u bekor qilinganda davlat boji bir yillik miqdorda undirilar edi. Bu esa san’atga endigina kirib kelayotgan iste’dodlarni, ularni yuzaga chiqarmoqchi bo‘layotganlarni biroz o‘ylanishiga majbur qilardi. Endilikda u o‘z kuchini yo‘qotdi.

    Tabiiyki, litsenziya olishga talabgorlarni qancha miqdorda davlat boji to‘lashi haqidagi ma’lumot ham qiziqtiradi. Shuni alohida qayd etish joizki, uni undirishda adolatlik tamoyiliga amal qilinadi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olgan yuridik shaxslar har bir ijrochiga berilgan reyting guruhiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji to‘laydi.

    Davlat boji miqdori har bir litsenziya talabgori uchun unga berilgan reyting guruhiga bog‘liq ravishda belgilanadi.

    Masalan, 1-guruhga mansublar ijodiy faoliyati davomida kamida 5 ta musiqiy albom chiqargan, atoqli yozuvchi va shoirlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi lozim. Shuningdek, «O‘zbekiston xalq artisti» yoki boshqa faxriy unvonlar hamda respublika va xalqaro darajadagi ko‘rik-tanlov g‘olibi diplomlari mavjudligi inobatga olinadi.

    Hamda bu guruhdagilar eng kam oylik ish haqining 195 baravari miqdorida davlat boji to‘laydi. Shu to‘langan mablag‘ hisobidan soliq ushlab qolinadi. San’atkorlar o‘zining ijodiy yo‘nalishida boshqa turdagi soliqlarni to‘lamaydi.

    O‘zgartirishlarda keksa yoshdagilar, nogironlar, yoshlar manfaatiga ham alohida e’tibor berilgan.

    Masalan, pensionerlar, I va II guruh nogironlari konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat bojlaridan ozod qilingan. IV reyting guruhiga mansub, ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda birinchi marta litsenziya olayotgan ijrochilar ushbu ta’lim muassasasida ta’lim olish davrida (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda), biroq litsenziya berilgan sanadan boshlab ko‘pi bilan bir yil mobaynida davlat boji to‘lamaydi.

    Agarda bu guruhga kiritilganlar eng kam oylik ish haqining 40 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi kerakligini inobatga olsak, demakki, ularning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi kuy va qo‘shiqlar yaratish uchun imkoniyat taqdim etilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda san’atkorlar soliq to‘lamaydi(mi)?