21:23 / 28.05.2019
2 773

QQSni qaytarish muddati 7 ish kunigacha qisqartirildi

QQSni qaytarish muddati 7 ish kunigacha qisqartirildi
Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi ariza olingan vaqtdan 7 ish kunida qaytariladi. Ilgari bu muddat 15 ish kunini tashkil etgan.

Arizaga endilikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi, soliq hisoboti bo‘yicha QQS hisob-kitobi va ilgari QQSning ortiqcha summasi qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilish talab etilmaydi.

Arizaga endilikda tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi to‘g‘risida ma’lumot ilova qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » QQSni qaytarish muddati 7 ish kunigacha qisqartirildi