00:13 / 31.05.2019
4 125

Oliy Majlisning «qora ro‘yxati»: Unda yirik kompaniyalar ham bor

Oliy Majlisning «qora ro‘yxati»: Unda yirik kompaniyalar ham bor
Foto: «Uza.uz»
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari hamda byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganiga e’tibor qaratildi. Xususan, joriy yil birinchi choragi mobaynida 96 ta loyiha bo‘yicha investitsiyalarni o‘zlashtirish ortda qolgan. Ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rish borasida takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.

O‘rganish jarayonida «O‘zbekipaksanoati» uyushmasi, «O‘zbekgidroenergo», «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Xududiy elektr tarmoqlari» AJlari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Transport vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan bugungi kunda xorijiy investitsiyalar umuman jalb etilmagani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zagrotexsanoatxolding», «O‘zavtosanoat» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJlari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi pastligicha qolganligi qayd etildi.

Nurillo NASRIYeV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oliy Majlisning «qora ro‘yxati»: Unda yirik kompaniyalar ham bor