16:38 / 03.06.2019
2 696

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8500 so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8500 so‘mdan oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 4 iyundan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27,66 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8513,57 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Bu ilk bor rasmiy kurs 8500 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
1 yevro kursi 1,18 so‘mga oshib, 9507,10 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 1,11 so‘mga arzonlab, 130,41 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8500 so‘mdan oshdi