O‘zbekistonda 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda

  • 08 iyun 2019, 09:34
  • 1 160
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda
    O‘zbekistonda ichki bozor uchun 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

    O‘zRVB 2019 yil 12 iyun tizimida davlat qimmatli qog‘ozlari shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qildi.

    Obligatsiyalarni chiqarilish hajmi - yuz milliard so‘m. Bu obligatsiyalarning so‘ndirilishi 2021 yil 9 iyun. Qat’iy belgilangan foizli daromad stavkasi – yillik 15%. Foizli daromad to‘lash davri - 3 oy.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

    Qimmatli qog‘ozlar bir million so‘mlik nominal qiymatida 6 oylik, 1 yillik hamda 3 yillik muddatlar uchun muomalaga chiqarishi aytilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda