Joriy yilda paxta xarid narxi o‘zgarishi kutilmoqda

  • 18 iyun 2019, 19:15
  • 1 416
  • Iqtisodiyot
  • Joriy yilda paxta xarid narxi o‘zgarishi kutilmoqda
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat solig‘ining tatbiq etilishi munosabati bilan paxta xom ashyosining 2019 yil hosili uchun yangi xarid narxlarini tasdiqlashi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

    O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasiga ko‘ra, paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019 yil hosilidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘t ishi nazarda tutilgan.

    Bunda, ularga 2019 yildagi paxta xom ashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan va 2018 yilning 1 oktyabridan keyin haqiqatda olingan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi beriladi.

    Ayni paytda farmon jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. Agar u o‘zgarishlarsiz qabul qilinsa, hukumat paxta xaridi uchun yangi narxni belgilashi lozim bo‘ladi.

    2018 yil yakunlari bo‘yicha paxta tolasining umumiy eksport hajmidagi ulushi (1,6%) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygandi. Xom-ashyo asosan mahalliy ishlab chiqarish uchun yuborilgan va paxta ekin maydonlari qisqartirilgan.

    Shuningdek, hukumat paxta xarid narxini keskin oshirish hisobiga dalalarda majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurash e’lon qilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Joriy yilda paxta xarid narxi o‘zgarishi kutilmoqda