08:18 / 15.07.2019
3 015

O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi kutilmoqda
2019 yil 14 iyul kuni Toshkent shahriga «Ajlan & Bros» Holding Group (Saudiya Arabistoni) raisi shayx Muhammad bin Abdulaziz al-Ajlan boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tashrifni tashkillashtirgan O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra «Ajlan & Bros» erkaklar klassik kiyimlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mamlakat ichkarisida va boshqa arab davlatlarida 45 ta filial va 200 ta ulgurji savdo punktlariga ega.

«Ajlan & Bros» rahbariyatining tashrif dasturidan Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasida, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zto‘qimachisanoat» uyushmasi, «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi rahbariyati, Andijon va Namangan viloyati hokimlari va boshqa ehtimoliy sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlariga ko‘ra aniq investitsiya loyihalari va mamlakatimiz meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoni va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi kutilmoqda