15:30 / 20.07.2019
5 344

OAV: Aka-uka Guptalar O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

OAV: Aka-uka Guptalar O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da qonunlarni buzish va mablag‘larni o‘zlashtirish uchun ta’qib etilayotgan aka-uka Guptalar hozir investitsiyalar uchun yangi maydoncha izlamoqda. Bu haqda Hindistonning Business Television India (BTVI) telekanali xabar berdi.

Asli kelib chiqishi Saharanpur (Hindistondagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida shu nomdagi okrug ma’muriy markazi)dan bo‘lgan aka-ukalar bugungi kunda Dubayda yashirinmoqda. BTVI xabarida aytilishicha, ular Hindistonda tibbiy korxona ochishdi va O‘zbekistonda universitet ochish niyatida.

Guptalar oilasi - boy hind oilasi bo‘lib, aka-ukalar birgalikda biznes olib borishadi. Oila 1993 yilda Hindistondan JARga ko‘chib o‘tib, u yerda Sahara Computers kompaniyasiga asos solgan.

Keyinchalik aka-uka Guptalar ushbu Afrika mamlakatida ko‘mir konlari, muhandislik kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari, olmos shaxtalari, temir yo‘llari va turli sohalarda faoliyat yuritadigan boshqa kompaniyalarni o‘z ichiga olgan biznes imperiyasini yaratdi.

Ta’sir doirasi o‘sib borgani sari tadbirkorlar nafaqat moliyaviy qonunbuzilishlar, balki hukumat ishlariga aralashuvda ham gumonlana boshlandi. Oxir-oqibat ularga qarshi jinoyat ishlari ochilib, aka-ukalar mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » OAV: Aka-uka Guptalar O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda