20:53 / 22.07.2019
2 889

Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas

Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas
22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev ishtirokida OAV vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda jurnalistlar vazirdan kontrakt miqdori qanday belgilanishi, masalan, sirtqi ta’lim ikki oy davom etsada, to‘lov miqdori kunduzi ta’lim singari ekanligi sababi nimadaligi, yo‘l qoidalarini buzganlardan undiriladigan jarimalar nimalarga qarab belgilanishini so‘radilar.

– Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bu me’yorlarni belgilamaydi, aloqamiz yo‘q bularga. Oliy ta’lim narxlarini har bir OTM o‘z xarajatlaridan kelib chiqib, hisoblab chiqadi va Moliya vazirligiga taqdim etadi. Shundan so‘ng to‘lov-kontraktlar miqdorlari belgilanadi.

Yo‘l harakati qoidalari uchun jarimalarni ham biz belgilamaymiz. Bunda birinchi navbatda yo‘llardagi qoida buzish holatlariga barham berish, qoidabuzarlarga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali YTHlarni kamaytirish rejalashtiriladi – dedi Botir Xo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas