15:15 / 24.07.2019
3 722

O‘zbekistonga Mongoliyadan go‘sht olib kelinishi mumkin

O‘zbekistonga Mongoliyadan go‘sht olib kelinishi mumkin
Foto: «Asia Russia Daily»
Veterinariya davlat qo‘mitasi tomonidan «Mongoliya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Loyihadan Mongoliya Respublikasidan O‘zbekistonga go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda boshqa zarur turdagi xom-ashyolarni olib kelishni tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan.

Hujjatda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Mongoliya Respublikasiga havo yo‘llari koridorini bir oy muddatda tashkil etishi hamda mahsulotlarni tashish va ushbu davlatdan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini olib kelishda ko‘rsatiladigan xizmatlarni maqbul narxlarda amalga oshirishi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga Mongoliyadan go‘sht olib kelinishi mumkin