15:33 / 28.07.2019
4 181

Chorva, parranda, baliqchilik va quyonchilik. Qayerda, qanday muammolar bor?

Chorva, parranda, baliqchilik va quyonchilik. Qayerda, qanday muammolar bor?
Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorako‘lchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi deb yozadi Xabar.uz nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda qoramolning 94 foizi, qo‘y va echkining 84 foizi, parrandaning 58 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Chorva, parranda va baliq uchun uzluksiz ravishda sifatli ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muammoli masalalardan biridir. Importni kamaytirish, mahalliy sharoitda yuqori quvvatli ozuqa yem ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Parrandachilikda ozuqaning 85 foizi import qilinib, haligacha ko‘p miqdorda soya va kungaboqar shroti, makkajo‘xori chetdan olib kelinadi.

Ta’kidlanganidek, tarmoqlarda ishlatiladigan texnika va uskunalarni xorijiy davlatlardan import qilishni kamaytirib, ularni o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish payti keldi. Bugungi kunda chorvadorlar uchun zarur hisoblangan somon va pichanni o‘ruvchi, to‘plovchi oddiy uskunalar ham chetdan keltiriladi. Holbuki, ularni mahalliylashtirish dasturi asosida o‘zimizda ishlab chiqarish imkoni mavjud. Shunda ularning narxi ham arzonlashadi, qo‘shimcha soliq tushumlari ko‘payadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu borada mutaxassislar aytishicha, yaqin kelajakda fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyoji uchun yerlarni o‘g‘itlovchi, ozuqa o‘simliklarini presslovchi va yer maydonlarini yumshatuvchi texnikalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Teri, go‘sht va momiq jun olish uchun boqilayotgan quyonchilik yo‘nalishlari ham rivojlanmoqda. Jumladan, bugungi kunda aholi xonadonlari va quyonchilik xo‘jaliklarida 112 ming 600 dan ziyod quyon boqilmoqda. Ularning 66 mingdan ortig‘i zotdor quyon hisoblanadi.

Kelgusida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida «Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi» tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Chorva, parranda, baliqchilik va quyonchilik. Qayerda, qanday muammolar bor?