06:00 / 06.08.2019
2 593

«Asaka» banki MasterCard xalqaro to‘lov tizimining hisob-kitob banki maqomiga ega bo‘ldi

«Asaka» banki MasterCard xalqaro to‘lov tizimining hisob-kitob banki maqomiga ega bo‘ldi
MasterCard kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida «Asaka» banki va MasterCard vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ifoda etuvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv chog‘ida kelajakdagi rejalar va yangi loyihalar muhokama qilindi. MasterCard kompaniyasi vakillari tomonidan to‘lov tizimi bo‘yicha eng zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llangan ishlanmalar namoyish etildi.

Uchrashuvning eng muhim voqeasi «Asaka» banki va MasterCard o‘rtasida «Asaka» bankining mazkur to‘lov tizimi hisob-kitobini amalga oshirishini ko‘zda tutuvchi shartnoma imzolangani bo‘ldi. Bu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklariga MasterCard tizimi orqali milliy valyutada to‘lovlar amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bugungi kunda «Asaka» banki mamlakatda MasterCard tizimi asosida ekvayringni yo‘lga qo‘yish hamda to‘lov kartalarini emissiya qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «Asaka» banki MasterCard xalqaro to‘lov tizimining hisob-kitob banki maqomiga ega bo‘ldi