22:07 / 12.08.2019
3 350

O‘zbekiston Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qiladi

O‘zbekiston Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qiladi
Joriy yilning 6 avgust kuni Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i I.Ergashev rahbarligidagi delegatsiya hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi davlat vaziri P.Rupala o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot davomida mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonga bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani e’tirof etildi.

O‘z navbatida, tashrif doirasida «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolanishi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga zamin yaratgani ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekistondan Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (qovun, limon, no‘xat, pista, anor urug‘lari, zanjabil, grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, uzum, loviya, o‘rik, olxo‘ri, qovun, olcha, gilos, olma, shaftoli, nok, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, kartoshka, bulg‘or qalampiri, kovul, ukrop, rayhon, yalpiz, petrushka, selderey) eksport qilinishiga ruxsat olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan davrda Hindistonga mamlakatimizdan 7 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti – gilos, olcha, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, mosh, mayiz eksport qilingan.

Endilikda mamlakat dehqon-fermerlari tomonidan yetishtirilgan yana bir nechta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Hindistonga eksport qilish imkoniyati yuzaga keldi.

Muloqot davomida, shuningdek, tomonlar malaka oshirish va tajriba almashish masalasini muhokama qildilar. Xususan, Inspeksiya mutaxassislari 2019-2020 yillarda Hind diyorining ixtisoslashgan muassasalarida sohaga oid zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qiladi