13:17 / 03.09.2019
2 849

O‘zbekistonda «Google solig‘i» joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda «Google solig‘i» joriy qilinishi mumkin
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy etishni rejalashtirilmoqda, deb yozadi «Daryo».

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida buning uchun alohida bob ko‘zda tutilgan. Hujjat matni Moliya vazirligi tomonidan muhokamalar portalida e’lon qilingan.

Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Internetga avtomatik tarzda kirish orqali ko‘rsatiladigan elektron shakldagi xizmatlar uchun QQS «Google solig‘i» deb ataladi.

Soliq jismoniy shaxslarga reklama joylashtirish, qidiruv tizimlarga kirish imkonini taqdim etish, statistika yuritish, onlayn-savdo maydonchalari, striming servisi ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga nisbatan joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda internet segmentida bunday xizmatlarni Google, Yandex, Alibaba, Netflix kabi kompaniyalar ko‘rsatadi.
Aksariyat internet kompaniyalarning O‘zbekistonda vakolatxonasi yo‘q hamda ular soliq to‘lamaydi.

Soliq kodeksi loyihasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan chet el internet-kompaniyalaridan dasturiy ta’minot va kontent xarid qilish uchun QQSni joriy etadi.

Moliya vazirligi Google va Apple kabi kompaniyalarga soliq organlarida hisobga o‘tib, O‘zbekistondagi savdolari haqida hisobot berishni taklif etmoqda.

Shunda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi:
- Soliq organida hisobda turish;
- Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali har oy hisobot topshirishi;
- O‘zbekiston jismoniy shaxslariga elektron shaklda ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatidan QQSni hisoblash va to‘lash.

O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizni tashkil etishi hisobga olinsa, dasturiy ta’minot va kontent narxi oshishi mumkin. Biroq bu masala bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda «Google solig‘i» joriy qilinishi mumkin