09:50 / 15.09.2019
5 892

Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha?

Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha?
Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi Xitoydan qarz olgan va har birining qarzi kamida milliard dollardan oshadi. Bu haqda Zarnews yozib chiqdi.

Masalan, Qozog‘istonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 12 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. Qolaversa, Qozog‘iston 50 dan ortiq Xitoy zavodlarini qurish uchun yana 300 million dollarlik shartnoma imzoladi. Xitoy esa Qozog‘iston neftining 20 foizini qazib olmoqda.

Qirg‘iziston Xitoy banklaridan 1 milliard 700 million dollar qarz olgan va bu davlat umumiy tashqi qarzining 40 foizini tashkil etadi. Qirg‘izistonning Xitoy kreditiga bog‘liqligi Almazbek Atamboyevning prezidentlik davrida oshdi va bu davrda Pekin ularga deyarli 1 milliard dollar qarz bergan.

Tojikiston tashqi qarzlarida Xitoyning ulushi 48 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida qo‘shnilarimiz Xitoydan 1 milliard 200 million dollar qarz olgan. Mamlakatdagi oltin qazib oluvchi konlarning 80 foizdan ortig‘ini Xitoy kapitali bilan ishlovchi kompaniyalar tashkil etadi. 8 yil oldin qo‘shnilarimiz demarkatsiya va delimitatsiya qilish orqali o‘z hududining 1 foizini Xitoyga bergan. O‘tgan yili Tojikiston geologiya boshqarmasi Yuqori Kumorg oltin konini xitoyliklarga berdi. Buning evaziga Xitoy «Dushanbe-2» issiqlik elektr stansiyasini qurib beradi. Shu tariqa hukumat 330 million dollarlik kreditdan qutuladi.

Turkmaniston iqtisodi yopiqligi tufayli bu davlatning tashqi qarzi haqida ishonchli ma’lumot olishning imkoni yo‘q. Ammo ochiq manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xitoy Ashxobodga dunyodagi yirik gaz konlaridan biri bo‘lgan «Qolqinish» gaz koni uchun kredit bergan. Bundan tashqari, xitoyliklar O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi gaz quvuri qurgan. Bu loyihaning taxminiy narxi 8 milliard dollardan oshadi. Hozirda Turkmaniston gaz qazib olishda dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi va uning 90 foizi Xitoyga yetkaziladi. Xitoy bojxona xizmatining 3 yil oldingi ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy Pekin turkman gazini bozor narxidan uch barobar arzonga xarid qilgan. Shu tariqa Turkmaniston o‘z qarzlarini uzayotgani aytiladi.

Xitoy O‘zbekistonning ham yirik investorlaridan hisoblanadi. Hozirgacha Chin o‘lkasi mamlakatimizga 7 milliard 800 million dollar kapital yo‘naltirgan.
Xo‘sh, nima uchun mintaqa davlatlari aynan Xitoydan qarz olmoqda? Javobi oddiy - Xitoydan mablag‘ olish G‘arb davlatlariga qaraganda tez va oson.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha?