5 893
O‘zbekiston paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonda intervension jamg‘armani ta’minlashga qaratilgan xaridlardan tashqari paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Shuningdek, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish, uni faqatgina paxta va g‘allani yetishtirishda qo‘llash, davlat tomonidan barcha qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning alohida toifalari bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy vositalarini takomillashtirish mo‘ljallangan, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy savodxonligini va moliyaviy soha vakillarining qishloq xo‘jaligi haqida xabardorligini oshirish nazarda tutiladi.
O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligida omborxona guvohnomalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni rag‘batlantiruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash tizimiga to‘liq o‘tish ham ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi