15:48 / 18.09.2019
3 036

O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida 3,9 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida 3,9 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-avgust oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,5 foiz punktiga oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.

2019 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 3,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 31,6 foizni tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini ko‘paytirdi. Oltin eksporti hajmi 2015 yilda 823,9 million dollardan oshgan bo‘lsa, 2016 yilda - 738,2 million dollar, 2017 yilda - 1,6 milliard dollar va 2018 yilda - 2,91 milliard dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida 3,9 mlrd dollarlik oltin eksport qildi