1 oktyabrdan benzin, alkogol, mobil aloqa kabi mahsulot va xizmatlarning aksiz solig‘i oshadi

  • 27 sentyabr 2019, 23:27
  • 1 361
  • Iqtisodiyot
  • 1 oktyabrdan benzin, alkogol, mobil aloqa kabi mahsulot va xizmatlarning aksiz solig‘i oshadi
    Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga binoan 1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi.

    Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar uchun aksiz solig‘i — 92 950 so‘mdan 98 000 so‘mga, pivo uchun — 10 000 so‘mdan 10 600 so‘mga, sigaret uchun 1 000 dona + 4 foizdan 1 000 dona + 9 foizga oshadi. Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i 15 foizdan 20 foizga oshadi.

    Aksiz solig‘i, ayniqsa, neft mahsulotlari — benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosinga oshadi. Xususan, AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bir tonna uchun 32 143 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, endi 200 000 so‘mni tashkil etadi.

    Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin va yoqilg‘ining aksiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi.

    Tabiiy gaz va siqilgan gaz uchun aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 26 foizga va 20 foizdan 30 foizga oshdi. Polietilen granulalar uchun aksiz solig‘i 25 foizdan 30 foizga oshirildi. Konyak, spirt va vino uchun esa aksiz solig‘i o‘zgarishsiz qoldirildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 1 oktyabrdan benzin, alkogol, mobil aloqa kabi mahsulot va xizmatlarning aksiz solig‘i oshadi