13:47 / 01.10.2019
3 745

Ekspert: Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi

Ekspert: Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi
Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi, sabab – u oxirgi 100 yilda ilk bor erkin suzishga qo‘yib yuborildi, deb hisoblaydi ekspert Maksim Rubchenko.

Gap shundaki, shu vaqtga qadar, dunyo bozorida oltin sotish hajmi va narxini, Angliya boshchiligidagi Yevropaning beshta yirik banki vakillari o‘zaro kelishilgan holda belgilar edi. Ushbu oltin narxini belgilovchi tashkilot, aniqrog‘i klub - London oltin fiksingi - The London Gold Market Fixing Limited (LGMFL) deb atalar edi.

1919 yilning 12 sentyabrida tashkil qilingan ushbu klubga Angliya banki, aniqrog‘i Rotshildlar oilasi boshchilik qilardi. Undan tashqari klubga Barclays, HSBC, Deustsche Bank, Scotiabank va Societe Generale banklari rahbariyati ham a’zo edi.

O‘tgan 100 yil davomida ushbu “oltin klubi” bir necha bor o‘z manfaati yo‘lida oltin narxini oshirish va kamaytirish bilan shug‘ullanib keldi. Ulardan eng ko‘zga ko‘rinarli bir necha holatni sanab o‘tamiz.

1971 yilda AQSh – bundan buyon dollarni oltin bilan ta’minlashdan voz kechganidan so‘ng, oltinning narxi 35 baravar o‘sdi: 1 unsiyasiga - 35 dollardan (1971 yilda) 850 dollargacha (1980 yilda).

Lekin SSSR daromadlarini kamaytirish kerak bo‘lganda, uning asosiy eksport tovarlaridan biri bo‘lgan oltinning narxi, hech qanday sababsiz 1 yil ichida (1982) unsiyasiga 300 dollarga tushdi.

Ayni shu vaqtda SSSRning ikkinchi asosiy eksport tovari – neft narxi ham Saudiya bilan kelishilgan holda sun’iy tushirilganini ko‘p marotaba eshitganmiz.

2014 va 2015 yillarga kelib “London oltin klubi”ning harakatlarida tobora ko‘proq shubha paydo bo‘ladi. Germaniya va Kanadada bir necha sarmoyador va banklar “Oltin klubi” faoliyatini tekshirish uchun ularni sudga beradi. Da’vogarlar “Oltin klubi”ni oltin narxini ko‘tarish, tushirish, barqarorlashtirish yoki boshva o‘zgarishlarni sun’iy ravishda amalga oshirishda ayblaydilar.

1999 yilda Yevropada yangi kiritilayotgan valyuta – yevroni qo‘llab-qo‘vvatlash maqsadida, Angliya banki bilan oltin savdosini cheklash haqida shartnoma imzolashadi. Ushbu shartnoma har besh yilda uzaytirib kelinayotgan edi. Xususan 2004, 2009 va 2014 yillarda. Lekin bu yil Yevropa markaziy banki shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

“O‘tgan davr mobaynida vaziyat jiddiy o‘zgardi – yevroning likvidligi oshdi, sarmoyadorlar ham ko‘paydi va shu bilan birga dollar narxi ham besh baravar oshdi, 260 dollardan – 1420 dollargacha”, - deb vaziyatga izoh berdi Yevropa banki.

Dunyoning oltin bozori ilk bor mutlaq erkin suzishga chiqdi, endi dollar narxi keskin oshadi. Yaqin vaqt ichida birja narxi 2000 $dan oshishi mumkin, deb hisoblaydi Citibank va boshqa yirik moliya tashkilotlari eksperti.

Uoll-stritlik analitik Devid rozenberg esa “Men oltinni 3000 dollardan ko‘rsam ham hayron bo‘lmayman”, - dedi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ekspert: Endi jahon bozorida oltin narxi keskin oshadi