2 690
Zafar Hoshimov soliq stavkasining kamaytirilishi bozor narxlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi
«Korzinka.uz» tarmog‘ining asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirilishi haqidagi Prezident farmonining qabul qilinganligi bozor munosabatlari hamda mahsulotlarning talab va taklifiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Bu yerda «bozor» so‘zini shunchaki ishlatmadim. Chunki bozor iqtisodiyotida narxlar talab va taklif muvozanatini ko‘rsatadi. Ma’lum bir mahsulotning talab va taklifiga esa qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari yana talaygina omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ammo men bu jarayonga optimistik ruhda qarayman. Tilga olingan diapazonda soliq stavkasi kamaytirilishi aksariyat tovarlarning narxini shakllantirishga ijobiy turtki beradi, ularning ishlab chiqarilishi hajmi ortadi, ta’minotchilar va ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat avj oladi, xarajatlar qisqaradi, soyadagi iqtisodiyot ulushi kamayadi, natijada esa narxlar pasaymasa-da, hech bo‘lmasa, o‘sishdan to‘xtaydi yoki sekinlashadi, deb ishonaman.
Ishonchim komilki, tafakkurli insonlar narxlarni pasaytirish istagi borasida iste’molchilar bilan biz, savdo xodimlari bir tarafda ekanligimizni tushunishadi. Biznesimiz kengayishi, tovar aylanmalari o‘sishi biz uchun yuqori ustamalardan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega.
Chunki maqbul narxlar — ko‘proq iste’mol — ko‘proq savdo — ko‘proq tovar aylanmasi — har bir sotilgan tovardagi xarajatlar pasayishi hisobiga umumiy hajmda ko‘proq daromad degani. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi