12:30 / 06.10.2019
3 800

Soliq stavkalari eng past mamlakatlar aniqlandi (reyting)

Soliq stavkalari eng past mamlakatlar aniqlandi (reyting)
Foto: “Sibdom”
Soliq raqobatbardoshligi xalqaro indeksi (ITCI) mamlakatlarning soliq tizimi ikki muhim jihat: raqobatbardoshlik va neytrallik talablariga qanchalik javob berishini koʻrsatib beradi. Bu jihatdan soliq stavkalari eng past mamlakat — Estoniya olti yildan beri reyting yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Koʻrib turganingizdek, soliqlar eng past mamlakatlar (Top-10) — Estoniya, Yangi Zelandiya, Latviya, Litva, Shveysariya, Lyuksemburg, Avstraliya, Shvetsiya, Niderlandiya va Chexiya.

Ushbu reytingda Fransiya eng oxirgi oʻrinda qayd etildi. Undan sal tepada — Polsha, Italiya, Portugaliya va Chili.
Rossiya va MDH mamlakatlarini tahlilchilar reytingga kiritib ham oʻtirishmadi.

Maʼlumot uchun: AQSHda 1937-yili asos solingan “Tax Foundation” markazining ushbu indeksi soʻnggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tushayotgan soliq yuklari qanchalik ogʻirlashib borayotganini koʻrsatadi. Indeksni tuzishda har bir mamlakatning koʻrsatkichlari besh sohada koʻrib chiqiladi: korporativ soliqlar, individual daromad soliqlari, isteʼmol soliqlari, koʻchmas mulkka solinadigan soliqlar hamda xorijdan olingan daromadga solinadigan soliqlar.

Indeks (ingliz tilida) bilan ushbu ilova orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq stavkalari eng past mamlakatlar aniqlandi (reyting)