13:13 / 11.10.2019
3 168

Mamarizo Nurmuratov: «Yetakchi davlatlar 30 yilda qiladigan islohotlarni 3 yilda amalga oshirdik, shuning uchun narxlar oshib ketdi»

Mamarizo Nurmuratov: «Yetakchi davlatlar 30 yilda qiladigan islohotlarni 3 yilda amalga oshirdik, shuning uchun narxlar oshib ketdi»
Senatning 23-yalpi majlisida «Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri bo‘yicha senatorlar o‘zaro muhokamaga kirishdi. Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmuratov qonunning ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, boshqa davlatlarga nisbatan narx-navoning nima sababdan oshirilgani bo‘yicha izoh berdi.

«O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar 30 yilda amalga oshiradigan bozor iqtisodiyoti islohotlari bizda so‘nggi 3 yil ichida amalga oshirildi. Narx-navo oshishiga bir necha omil sabab bo‘ldi. Birinchidan, xo‘jalik sub’ektlari zarariga ishlasa ham narxlar qatiylashtirildi. Ikkinchidan, 27 yil davomida mamlakatda investitsiyaviy chanqoqlik yuzaga keldi. Respublikaga katta masshtabdagi investitsiya oqimi kirib keldi. Natijada, iqtisodiyotga bank resurslari olib chiqildi va bozorda pul miqdori oshishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda, valyuta konvertatsiya qilingan mamlakatlarda inflyatsiya 2-3 barobarga oshib ketgan. Bizda esa 9 oylik puxta tayyorgarlik ko‘rish natijasida, narxlar bu darajada yuqorilashmadi. Valyuta kursi ikki baravar oshdi, ammo narxlar shunday proporsionallikda ortmadi», deydi Mamarizo Nurmuratov.

Markaziy bank raisining ta’kidlashicha, 2023 yildan boshlab inflyatsiyani ta’minlash mexanizmi asosida 5-6 foiz inflyatsiyaga erishish maqsad qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Mamarizo Nurmuratov: «Yetakchi davlatlar 30 yilda qiladigan islohotlarni 3 yilda amalga oshirdik, shuning uchun narxlar oshib ketdi»