Deputat: Dollardan voz kechish payti keldi

  • 14 oktyabr 2019, 22:31
  • 2 408
  • Iqtisodiyot
  • Deputat: Dollardan voz kechish payti keldi
    «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yormamat Xoliyarov o‘zaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi.

    «Xalqaro pul o‘tkazmalarida har bir davlat o‘z milliy valyutasi bilan hisob-kitob qilishiga o‘tishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidni yo‘qga chiqaradi.

    Demak, mamlakatimiz bank siyosati qonunchiligida yangi normalar va ularning amaliyotini sinab ko‘rish ustida Markaziy bank xozirdan ish boshlashi zarur va bu o‘ta dolzarb masaladir.

    Xorij valyutasi hukmronligi davri o‘zgarish payti kelmoqda. Tag‘in yana 30 yil qo‘l qovushtirib o‘tirdik, deya yer chizib yurmang. Bu inflyatsiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir» deydi deputat o‘z murojaatida.

    «Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin Amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Shu boisdan dollardan bir qator mamlakatlar voz kechmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron o‘zaro xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda va milliy valyutada muomala qilishga kelishib olishgan» deya asos keltiriladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Deputat: Dollardan voz kechish payti keldi