11:20 / 06.11.2019
3 711

Jahon meva-sabzavot bozorida Oʻzbekistonning ulushi bir foizga ham yetmaydi

Jahon meva-sabzavot bozorida Oʻzbekistonning ulushi bir foizga ham yetmaydi
Jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, bizning ulushimiz bir foizga ham yetmayapti.
Bu haqda bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning meva-sabzavotchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlashicha, bunga erishish uchun ekin va navlarni toʻgʻri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki-uch barobarga oshirish, isrofgarchiliklarni oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni toʻgʻri tashkil etish lozim.

Qayd etilganidek, kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish, keyingi uch yilda bu koʻrsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjud.

Bugungi kunda dunyo bozorlarida gilos, oʻrik, olxoʻri, anor, uzum, bodom, sitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa intensiv usuldagi bogʻlar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bogʻ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi oʻta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bogʻlar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi. Hanuzgacha “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahon meva-sabzavot bozorida Oʻzbekistonning ulushi bir foizga ham yetmaydi