19:10 / 11.11.2019
2 662

ShHT sobiq bosh kotibi: «Rossiya va Xitoy — parvozga shaylanayotgan Markaziy Osiyoning qanotlari»

ShHT sobiq bosh kotibi: «Rossiya va Xitoy — parvozga shaylanayotgan Markaziy Osiyoning qanotlari»
Samarqandda «Valday» muloqot klubining X Osiyo konferensiyasi o‘tkazilmoqda. «Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik chaqiriqlari oldidan ko‘p tomonlama hamkorlik» mavzusida o‘tkazilayotgan bu konferensiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining sobiq bosh kotibi tojikistonlik Rashid Alimov ham qatnashdi. U Rossiya va Xitoyni mintaqa uchun ikki muhim mamlakat deb atadi.

«Mintaqa mamlakatlari uchun Rossiya va Xitoy eng ishonchli hamkorlar hisoblanadi. Parvozga shaylanayotgan O‘rta Osiyoning qanotlari aynan Rossiya va Xitoy. Mintaqa mamlakatlari o‘zaro hamkorlik orqali rivojlanishi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘sib bormoqda. Xitoy va Rossiya mintaqaning dominantlari emas, mavjud hamkorlardir.

Rossiya, Xitoy va mintaqadagi 5 ta mamlakatning o‘zaro tovar aylanmasi bir yilda 20 foizga, ya’ni 25-27 milliard dollarga oshdi. Taqqoslash uchun AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,7 milliard dollarni tashkil qiladi. Gap taqqoslashda ham emas, hamma o‘z hamkorini o‘zi topadi.

Erishilgan yutuqlardan havolanib, to‘xtab qolish emas, ishonchli hamkorlar bilan ishlashda davom etish kerak»,— deydi Alimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » ShHT sobiq bosh kotibi: «Rossiya va Xitoy — parvozga shaylanayotgan Markaziy Osiyoning qanotlari»