13:02 / 21.11.2019
4 737

Paxtachilik dastlab bizda paydo bo'lganmi yoki...​

Paxtachilik dastlab bizda paydo bo'lganmi yoki...​
Dunyo bo‘yicha dastlabki paxta yetishtiruvchi mamalakat bu Hindiston va Pokiston deb topilgan. Uning o‘stirilish tarixi miloddan oldingi 6000 yillikka borib taqaladi. Olimlar fikricha, ilk marotaba paxta o‘simligi Indus Tekisligida topilgan. Qadimgi Janubiy Osiyoda ishlatiladigan turlar Hindiston va Afrikada paydo bo‘lgan Gossipium gerbaceum va Gossipium arboretum edi. Keyinchalik paxtachilik Mesopotamiya, Misr va Nubiyaga tarqaldi.

Faqatgina I asrga kelib, arab savdogarlari paxta mahsulotlarini Italiya va Ispaniyaga olib kelishganida, Yevropaga paxta tolasi kirib kelgan. O‘rta asrlarning so‘nggi davrida paxta o‘simligi shimoliy Yevropaga ham ma’lum bo‘lgan. XVI asrning oxiriga kelib, Osiyo va Amerikaning issiq mintaqalarida allaqachon paxta yetishtirila boshlangan edi. Yangi kashf qilingan turlar XVIII asrda Afrikada paydo bo‘lgan va keyinchalik Hindiston, Pokiston va Xitoyga tarqalib, u yerda an’anaviy navlarni chatishtiriish orqali hosil qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Paxtachilik dastlab bizda paydo bo'lganmi yoki...​