10:13 / 22.11.2019
3 627

O‘zbekistonda valyuta bozori bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi

O‘zbekistonda valyuta bozori bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi
O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bu haqda 2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinadi:
- ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini rag‘batlantirish;
- derivativlar bozori, xedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;
- banklararo valyuta savdolarining joriy “fiksing” usulidan uzluksiz auksion savdolari “metching” usuliga o‘tish.

Markaziy bank 2020 yil davomida bu boradagi ishlarni bajarishi shartligi belgilab qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda valyuta bozori bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi