00:25 / 24.12.2019
6 025

O‘zbekistonning oltini qancha?

O‘zbekistonning oltini qancha?
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qiymati 15,8 mlrd. dollardan ziyod 339 tonnadan ortiq oltin hajmiga ega.
Qayd etish lozim, 2019 yil boshida bu qiymat 14,6 mlrd. dollarga yetgan, ammo zaxiradagi oltin 16 tonnaga ko‘proq, ya’ni 355 tonnani tashkil etgandi.

Gap shundaki, yil oxiriga kelib oltin narxi oshdi. Profinance sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib 1 troya unsiya oltinning sotib olishdagi narxi 1483,92 dollar, sotishdagi narxi esa 1484,22 dollarni tashkil etmoqda. Vaholonki, yanvarda bu qiymat 1323,25 dollarga teng edi.

Eslatib o‘tamiz, troya unsiyasi banklar va zargarlar tomonidan qo‘llaniladigan og‘irlik o‘lchov birligi bo‘lib, 31,1034768 grammga teng.
Umuman olganda, rasmiy zaxira aktivlarining umumiy qiymati 27,5 mlrd. dollarga teng bo‘lib turibdi.

Davlat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida umumiy qiymati 4,4 mld. dollardan ziyod oltin eksport qilgan. Shunday qilib umumiy eksportda oltinning ulushi 27 foizdan oshgan. Bu esa uni xorijga sotiladigan asosiy tovarga aylantirgan. Umuman olganda, mamlakatimizning ushbu davrdagi umumiy eksporti 16,2 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning oltini qancha?