18:53 / 15.01.2020
3 741

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini e’lon qildi

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalarning 2019 yil 24 apreldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 oltin tanga 15 100 000 so‘m, 1 kumush tanga 339 000 so‘m qiymatga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: Narxlar London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining (LBMA) belgilangan narxi va o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbati asosida qo‘yilgan.

Esdalik tangalarining asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini e’lon qildi