22:13 / 18.01.2020
4 044

O‘zbekiston qachon tabiiy gaz eksportini to‘xtatadi?

O‘zbekiston qachon tabiiy gaz eksportini to‘xtatadi?
Foto: yandex.com
Bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan, amaldagi Hukumat rahbari A.Aripov majlis ishtirokchilari e’tiboriga Hukumatning yaqin muddat va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini taqdim etdi.

– Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqiladi. Bunda, 2030 yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini qariyb 2 barobarga, neft mahsulotlari hajmini 1,8 barobarga, tabiiy gaz qazib chiqarishni 1,2 barobarga, ko‘mir qazib olishni esa 3,3 barobarga oshirish ta’minlanadi.

Foto: O‘zA
Lekin, 2025 yilga borib, tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatish va tabiiy gazni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralari ko‘riladi. Elektr energiya ishlab chiqarishda esa muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

Foto: O‘zA
Bundan tashqari, energiya sarfini kamaytirish maqsadida joriy yil oxirigacha barcha iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish bo‘yicha elektron hisoblagichlar to‘liq o‘rnatiladi va shu orqali iste’molchilarga noreal hisoblanayotgan qo‘shimcha to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi ta’minlanadi, – dedi Bosh vazir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston qachon tabiiy gaz eksportini to‘xtatadi?