17:10 / 21.01.2020
2 970

Markaziy bank oltinlarni nima uchun sotgan?

Markaziy bank oltinlarni nima uchun sotgan?
O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov MB 4 milliard dollarlik oltinni eksport qilish orqali almashuv kursi barqarorligini ta’minlagani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank almashuv kursi barqarorligini ta’minlash uchun oltin sotmaydi.

“Oddiy iqtisodiy mexanizm sifatida tushuntiradigan bo‘lsak, Markaziy bank oltin sotib olayotganda ishlab chiqaruvchiga bergan pulini iqtisodiyotdagi pul emissiyasi deb qarash kerak. Aynan shu hajmda biz oltinni qaytadan eksport qilib, valyutasini tashlab, valyuta bozoriga joylashtirib, yana o‘zimiz chiqargan so‘m mablag‘larimiz bilan ortiqcha emissiyani amalga oshiramiz.

2019 yilda 110 tonna oltin eksport qildik, taxminan 5 milliard dollar bo‘ladi. Lekin, Markaziy bankning intervensiyasi 3,8 milliard dollar, ya’ni 80 tonnadan sal ziyodroq. 36,6 trillion so‘mlik oltin sotib oldik, bu iqtisodiyotga shuncha pulni emissiya qildi degani”, - deydi I.Norqulov.

O‘zA’ning yozishicha, u nega oltin ko‘p sotilganiga ham izoh berib o‘tdi.

“Nega ko‘proq oltin sotdik? Negaki, biz tashqi bozordagi holatdan ham kelib chiqamiz. Ya’ni narx qulayroq shakllanayotgan bo‘lsa, ma’lum ma’noda oltinni ko‘proq sotishimiz mumkin. Narx noqulay shakllanayotgan bo‘lsa kutib turamiz. Bunda Markaziy bank tahlilchilarining prognozlari bizga qo‘l keladi. Oltinni sotishdan kelib tushgan pul valyuta bozorida sotilishini anglatmaydi. Ya’ni bizning oltin sotish operatsiyalarimiz oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish vazifalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Yana bir gap. Valyuta islohotlarining dastlabki bosqichlarida ichki valyuta bozorining rivojlanishi va uning ishtirokchilari yangi sharoitlarga to‘liq moslashmaganligi holatida ham biz neytrallik tamoyiliga amal qildik. Bu nima. Ya’ni erkin shakllanadigan almashuv sharoitida Markaziy bank xalqaro zaxira valyutalarini yig‘maydi ham, ishlatmaydi ham.

Agar valyuta intervensiyasini amalga oshiradigan bo‘lsak, odatda bu almashuv kursini qadrsizlantirish yoki qadrini ushlab turish orqali amalga oshiriladi. Bunda valyuta zaxiralari kamayib yoki ko‘payishi yuzaga kelishi mumkin. Oltin zaxiralari o‘zgarmasligi, bu haqiqatdan ham erkin shakllangan almashuv kursi talablariga javob beradi. 2019 yilda oltin-valyuta zaxiralarimiz 28,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Ya’ni o‘tgan yili oltin-valyuta zaxiralarimiz 2 mlrd. dollardan ziyodroqqa oshdi. To‘g‘ri bu asosan narx orqali yuz bergan bo‘lsa-da, lekin xalqaro zaxiralarimiz kamaymadi. Biz yil davomida almashuv kursini qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud zaxiralarimizni ishlatmadik”, - degan Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank oltinlarni nima uchun sotgan?