Rossiyada yuqori oltingugurtli neft eksportini alohida yo‘nalishga ajratish loyihasi amalga oshirilgandan keyin Iroqning Kirkuk va Basrah Blend neft turlariga o‘xshash yangi neft turi paydo bo‘ladi. Bu haqda “Transneft” ekspert kengashi yig‘ilishida kompaniyaning vise-prezidenti Sergey Andronov ma’lum qildi.
Yuqori oltingugurtli neftni alohida eksport yo‘nalishiga ajratish loyihasi “Transneft” tomonidan Rossiya Energetika vazirligi buyrug‘i bilan amalga oshirilmoqda.
Kompaniya vise-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, taxminiy bahosi 2,5 mlrd rublni tashkil qiladigan ushbu loyiha Ust-Lug porti orqali yiliga 23 mln tonna neft eksport qilishga imkon beradi.
Tatariston, Boshqirdiston, Udmurdiston hududlarida va qisman Orenburg viloyatida olingan xom ashyodan shakllantiriladigan yangi neft turi o‘z tarkibida 2,1-2,3 foiz oltingugurtni saqlaydi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi