10:31 / 20.02.2015
9 498

Doneskka birinchi insonparvarlik yordami etkazildi

Doneskka birinchi insonparvarlik yordami etkazildi

Donesk hududiga BMT tomonidan 62 tonna miqdoridagi ilk insonparvarlik yordami olib kelindi. Bu haqda BMTning insonparvarlik masalalari bo‘yicha boshqarmasiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

“BMT Ukrainaga 62 tonna insonparvarlik yordami etkazib berdi. Bu yordam asosan, gigiena vositalari, issiq kiyimlar, quritilgan sut, ichimlik suvi, tibbiy dori-darmon va boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat”, – deyiladi xabarda.

Bu insonparvarlik yordami BMTning qochqinlar bo‘yicha komissariati, YuNISEF va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bo‘limlari tomonidan to‘plangan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Doneskka birinchi insonparvarlik yordami etkazildi