Bozorlarda noqonuniy savdoga qo‘yilgan 8,4 mlrd. so‘mlik tovarlar vaqtincha olib qo‘yildi

  • 21 aprel 2016, 11:36
  • 5 562
  • Jamiyat
  • Bozorlarda noqonuniy savdoga qo‘yilgan 8,4 mlrd. so‘mlik tovarlar vaqtincha olib qo‘yildi

    Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bozorlar va savdo komplekslarida sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tovarlarning sotilishi, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi "Darakchi" nashri.

    Xususan, Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati faoliyati bo‘yicha joriy yilning 1 apreliga qadar 63 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Shundan 30 holatda o‘z vaqtida bankka pul topshirmaslik, 61 holatda pul undirib patta yoki chek bermaslik, 25 holatda to‘lov terminallaridan foydalanish qoidalarini buzish, 13 holatda yuridik va jismoniy shaxslarga ob’ektlarni ijara shartnomasi tuzmasdan berish kabi qoidabuzarliklar aniqlandi. O‘z navbatida bozor rahbarlariga va mas’ul xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

    Shuningdek, joriy yilning 1 aprel holatiga turg‘un savdo shoxobchalarida hamda savdo rastalarida o‘tkazilgan 2 772 ta nazorat tadbirida huquqbuzarlardan noqonuniy savdoga qo‘yilgan jami 8,4 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan 272,1 mln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bozorlarda noqonuniy savdoga qo‘yilgan 8,4 mlrd. so‘mlik tovarlar vaqtincha olib qo‘yildi