Ayollarga do‘stlashish tavsiya etilmaydigan 5 toifadagi dugona

  • 22 aprel 2016, 15:17
  • 7 268
  • Jamiyat
  • Ayollarga do‘stlashish tavsiya etilmaydigan 5 toifadagi dugona

    Ayollar o‘rtasida do‘stlik bo‘lmasligi haqidagi afsonaga ishonmang, ayollar dugonasiz yashay olmaydi. Axir ayol yarim kechasi uyqusi kelmaganda kimga qo‘ng‘iroq qilib, erining, bolalarining dardu-hasratini dasturxon qiladi? Mabodo birorta libos sotib olsa, uni kim bilan muhokama qiladi? Albatta, dugonalari bilan! Ammo hamma ham samimiy, haqiqiy dugona bo‘lavermaydi, ularning chinakam maqsadini aniqlash mushkul ish emas, deb xabar beriladi “Darakchi” nashrida. Quyidagi 5 xil toifa ayollar bilan dugona bo‘lish tavsiya etilmaydi:

    Hasadgo‘y

    Bunday dugona hamma tomonlama mukammal inson bo‘lishi mumkin, ammo uning bitta aybi bo‘ladi – hasadgo‘ylik! U sizga yaqin dugona bo‘lib ko‘ringani bilan ich-ichidan hasad qilishi, ammo buni sizga bildirmasligi mumkin. Unda sizda bor narsalarga erishish istagi judayam kuchli bo‘ladi, lekin buni sezdirmaydi, axir u sizning dugonangiz. Ammo vaqti-soati kelib, u bunga erishadi. Keyinchalik esa bundan afsuslanadi. Bu voqeaga kim aybdor deb o‘ylaysiz? Albatta, o‘zingiz! Erishgan yutuqlaringiz haqida hadeb maqtanmaslik kerak edi. Bunday dugonadan tezda voz kechish lozim.

    Xudbin

    Yarim tunda qo‘ng‘iroq qilishingizga qaramay, yugurib etib keladigan, qahvaxonaga yolg‘iz borishni istamaganingizda o‘zi xohlamasa-da, sizga sherik bo‘ladigan dugona avvalo sizni emas, o‘zini o‘ylaydi. Uni sizni hayotingiz qiziqtirmaydi, balki uning muammolarini tinglaydigan odam kerak. Siz unga “Dugonajon, erim bilan urushib qoldim”, desangiz, qoshlarini chimirgancha, sizni tinglamay, o‘zining dardini doston qiladi.

    Qutqaruvchi

    Hech qanday muammo bezovta qilmayotgan bo‘lsa-da, dugonangiz bilan ta’til haqida gaplashishni istasangiz, unda siz uchun tayyor yo‘riqnoma mavjud bo‘ladi. “Bunday ko‘rinishda plyajda yurishing uyat, zudlik bilan parhez qil!” deydi u mehribonlik bilan. U sizga aeroportga qo‘shnisi bepul olib borib qo‘yishi mumkinligini aytadi, sizga esa xizmatning “bepulligi” yoqib tushadi. Dugonangiz sizga g‘amxo‘rlik qilgani uchun o‘zini mehribon ona deb hisoblaydi. Agar uning aytganini qilmasangiz, jazolashga harakat qiladi. Albatta, bu yoqimli holat emas.

    Badbaxt qurbon

    Bu ayolni hamma xafa qilaveradi, agar hech kim e’tibor bermay qo‘ysa, o‘zini bedavo kasallikka chalingan insonday tutadi. Axir kimdir uning ko‘z yoshlarini artib qo‘yishi, uning tarafini olishi lozim deb hisoblaydi! Albatta, bu vazifani siz bajarasiz. Do‘stona yordam berishning yomon tomoni yo‘q, ammo qahramonlik ko‘rsatmay, xotirjam bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurish yaxshiroqmidi?

    O‘z so‘zini o‘tkazadigan

    Bunday dugona biror yangilikni ko‘rib qolsa, darrov atrofdagilar noto‘g‘ri yashayapti, men ularga o‘rgatishim lozim degan xulosaga keladi. Uning qalbida inqilob qilish istagi alangalanadi. Agar unga ko‘chadan topib olgan kasal mushukni davolatishi uchun pul bermasangiz, sizni shafqatsizlikda ayblaydi, bunday dashnomlarni eshitmaslik uchun muntazam ravishda pul berib turadigan bo‘lasiz. Agar unga o‘xshab vegetarianlikni tanlamasangiz, go‘sht eganingiz uchun yirtqichlikda ayblaydi. Faqat uning aytganini bajarib yashash, bir kun joningizga tegadi, yaxshisi do‘stlik aloqalarini ertaroq uzganingiz ma’qul.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ayollarga do‘stlashish tavsiya etilmaydigan 5 toifadagi dugona