Bahodir Hodiyev TDIU rektori bo‘ldi

  • 18 may 2016, 11:48
  • 9 466
  • Jamiyat
  • Bahodir Hodiev TDIU rektori bo‘ldi

    Bahodir Hodiev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

    2015 yil iyulidan Bahodir Hodiev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

    Bundan avvalroq esa — 2014 yil aprelidan u Prezidentning ilm-fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, unga qadar — 2010 yil martidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, ungacha xuddi shu OTM — TDIU rektori vazifalarida ishlagan.

    Bugungi kungacha TDIU rektori vazifasini Mahmudjon Boltaboyev bajarib kelayotgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bahodir Hodiyev TDIU rektori bo‘ldi