Erkak ayolni tashlab ketishining 5 sababi

  • 19 may 2016, 11:45
  • 11 443
  • Jamiyat
  • Erkak ayolni tashlab ketishining 5 sababi

    Ba’zan erkak kishi ayolidan hech qanday sababsiz yuz o‘girgandek tuyuladi. Biroq, bu sabablar faqat ayol kishigagina ko‘rinmaydi. Aslida esa, erkak kishi ma’lum sabablarga ko‘ra ayol hayotidan izsiz g‘oyib bo‘ladi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

    1-sabab: U sizni o‘ziga munosib ko‘rmaydi

    Munosabatlardagi shubha-gumon, ikkilanish faqat ayollarga xos, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Erkak kishi ham sizga uylansa, ikkingizning hayotingiz qanday kechishi haqida ich-ichidan o‘ylaydi, tashvishlanadi. Agar, u siz uning orzusidagi ayol emasligingizni anglab etsa, shu darhol sizni tashlab ketadi va ortga qayrilmadi ham.

    2-sabab. U boshqa ayolni sevib qoladi

    Mana shu sabab ham erkakning oilasidan butunlay yuz o‘girishining sabablari orasida eng keng tarqalgani. Erkak kishi uni sizdan ustun deb bildi va shuning uchun bir umrga ketdi. Bu qanchalik achchiq bo‘lmasin—haqiqat!

    3-sabab: U o‘z obro‘si haqida o‘ylaydi.

    Aksariyat hollarda erkak kishi ayolidan ajralmaydi, ammo u bilan birga yashamaydi ham. Buning sababi, u oilasini tashlab ketgan nomard degan nom orttirishni istamaydi, shu bilan birga siz bilan yashashni ham. Shuning uchun u chet elga ishlashga ketish yoki boshqa shunga o‘xshash sabablar bilan hayotingizni butunlay tark etadi va izsiz g‘oyib bo‘ladi.

    4-sabab: Ayolidan uning xafsalasi pir bo‘lgan

    Ayol kishining mantiqsiz xatti-harakatlari ham erkak kishini “to‘ydiradi”. Sabr kosasi to‘lgan erkak sizning hayotingizdan butunlay g‘oyib bo‘lishni istaydi va shunday qiladi ham.

    Axir, hamma ham ayolini tushunib, kechirib ketaverish qobiliyatiga ega emas. U yaxshisi, o‘sha ayoldan voz kechadi.

    5-sabab: U sizning yoningizda o‘zini haqiqiy erkakdek his eta olmaydi

    Aksariyat hollarda ayollar o‘z xatti-harakatlari bilan bilib-bilmay erining or-nomusiga tegadigan ishlar qiladi. Masalan, o‘zining undan ko‘proq pul topishini hadeb pesh qilaveradi. Bunday harakatlar arzimagan bo‘lib tuyulsa-da, kun kelib, erkak bularning hammasidan bezor bo‘ladi. U bu kabi mustaqil ayolning hayotida o‘ziga o‘rin yo‘qdek his etadi va izsiz g‘oyib bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erkak ayolni tashlab ketishining 5 sababi