Tadqiqot: chekish pushtning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

  • 24 iyun 2016, 11:56
  • 5 147
  • Jamiyat
  • Tadqiqot: chekish pushtning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

    BJU International ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, chekuvchi erkaklarning spermatozoidlari chekmaydiganlarnikiga qaraganda ko‘proq shikastlangan DNK saqlab, urug‘ning mitoxondriyasi faolligi past bo‘lar ekan, deyiladi "Kun" nashrida.

    Tadqiqot davomida olimlar 20 nafar chekuvchi va 20 nafar chekmaydigan ishtirokchilarning urug‘lik suyuqligida 442 ta oqsilning holatini baholashdi.

    Aniqlanishicha, o‘taketgan chekuvchilarning urug‘ida bitta oqsil yo‘q bo‘lgan, oltita oqsil me’yoridan ko‘p bo‘lgan va 27 ta oqsil etarlicha miqdorda bo‘lmagan. Bu oqsillar tahlili sigaret chekish reproduktiv tizimda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishini ko‘rsatdi.

    "Borgan sari ko‘proq tadqiqotlar chekishning erkaklar nasl qoldirish qobiliyatiga zararli ta’sir qilishini namoyish qilmoqda. Ta’kidlash joizki, bizning tadqiqotda chekuvchilarning spermatozoidlarida DNK fragmentasiyasi yuqori bo‘lgan", deb aytdi tadqiqotning mualliflaridan biri doktor Rikardo Pimenta Bertolla. Spermatozoidlar xromosomalari strukturasining bunday buzilishi naslning sog‘lig‘ida muammolarga olib kelishi mumkin.

    » » Tadqiqot: chekish pushtning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi