Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

  • 15 iyul 2016, 16:51
  • 9 819
  • Jamiyat
  • Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

    Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Darakchi” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.

    Shveysariya
    Evropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo‘lmish Shvesariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o‘ta olmaydi.

    Turkiya
    Bu mamlakatda xiyonat o‘g‘irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat’i nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

    Eron
    Bu erda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o‘tirmasdan o‘ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo‘lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi.

    Indoneziya
    Bu erning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o‘tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga qamaladi.

    Papua — Yangi Gvineya
    Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko‘chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo‘lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog‘ini eyish talab qilinadi.

    Xitoy
    Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi.

    Vetnam
    Topqir vetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho‘ntaging ko‘tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to‘lanadi!

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?