FVV Chimyon tog‘ida muammoga duch kelgan oilaga yordam ko‘rsatdi

  • 01 avgust 2016, 10:00
  • 5 783
  • Jamiyat
  • FVV Chimyon tog‘ida muammoga duch kelgan oilaga yordam ko‘rsatdi

    O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon hududida o‘tkazilayotgan "Qutqaruvchilar respublika ko‘p kurash musobaqasi" vaqtida tog‘dan tushishda muammoga duch kelgan oilaga yordam berildi. FVV sayti xabariga ko‘ra, bu hodisa 27 iyul kuni ro‘y bergan, deyiladi "Kun" nashrida.

    "Oilam bilan toqqa chiqqanda balandlikka yuqorilab ketganimizni bilmay qolibmiz. Oqibatda ikki farzandim bilan adashib, tog‘da bir necha soat qolib ketdik. Chorasiz qolganimni kech tushunib etdim. Adashib qolganimiz bir masala bo‘lsa, tog‘dan pastga tusha olishimiz ham dargumon edi. Shu payt uzoqdan qutqaruvchilarni ko‘rib sevinib ketdim va ularni yordamga chaqirdim. Qutqaruvchilar tezda etib kelishdi va ikki farzandim bilan meni tog‘dan xavfsiz joyga olib tushishdi. Yuqoridan pastga tushar ekanmiz qutqaruvchilar muhofazamizga, farzandlarim xavfsizligiga katta e’tibor berishdi", degan Qodirjon Do‘smatov.

    "Musobaqaning navbatdagi bosqichdan o‘tish uchun ketayotganimizda ko‘z ilg‘amas uzoqlikdan kimdir yordam so‘rayotganini payqab qoldim. E’tibor bersak, rostdan ham kimdir bor ovozi bilan yordam so‘rab, bizni chaqiryapti. Zudlik bilan ushbu hududning qutqarvchilari, Toshkent viloyatining FVB Tez harakat qilish maxsus otryadiga bu haqida xabar berdik. O‘zimiz esa bizni chaqirayotgan kishini yoniga oshiqdik. Tez orada viloyat qutqaruv otryadi yigitlari maxsus arqon, jumar, karabin va zarur shaxsiy asbob-anjomlari bilan etib kelishdi. Birgalikda jabrlanuvchilarni ehtiyotkorlik bilan xavfsiz hududga olib tushdik", deydi Samarqand viloyati FVB qutqaruvchisi Alisher Qurbonov.

    Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor Georgiy Smirnov, boshqarmaning Qutqaruv guruhi komandiri Ravshan Sharipov, boqarma qutqaruvchisi Alisher Qurbonov, hamda Toshkent viloyati FVB Tez harakat qilish maxsus otryadi qutqaruvchilari Hasan Hasanov, Erkin Qaxxorov hamda otryadning yo‘riqchi-qutqaruvchisi Ravshan Mavlyanovlar qutqaruv ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » FVV Chimyon tog‘ida muammoga duch kelgan oilaga yordam ko‘rsatdi