Dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi

  • 19 avgust 2016, 11:08
  • 5 809
  • Jamiyat
  • Dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi

    Fransiyada dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi. Nissadan uzoq bo‘lmagan Kap-Ferra yarim orolida joylashgan “Kedr” villasi 2008 yildagi narxdan ikki barobar qimmatroq narxda sotuvga qo‘yilgan. Hozir villa deyarli 1 mlrd evroga sotilmoqda. 2008 yilda esa 370 mln evro va mebellar uchun qo‘shimcha 19,5 mln evro narxda sotuvga qo‘yilgan edi.

    Ushbu villa qachonlardir Belgiya qiroli Leopold II ga qarashli edi. Birinchi jahon urushi yillarida villadan harbiy gospital sifatida foydalanilgan. Hozir u rasman tarixiy yodgorlik maqomiga ega.

    2008 yilda villani shveysariyalik bankir Edmond Safraning bevasi Lili Safra sotuvga qo‘ygan edi. O‘sha vaqtlar matbuotda villani rossiyalik milliarderlardan biri rekord narxga sotib olmoqchi ekani aytilgandi. Bundan tashqari ko‘plab xaridorlarning ismlari va ular sotib olmoqchi bo‘lgan narx haqida yozilgan bo‘lsa-da, ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Hozir villani Marne-Lapostollar oilasi sotuvga qo‘ygan.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi