Hindiston prezidenti hamdardlik nomasini yubordi

  • 04 sentyabr 2016, 10:18
  • 6 914
  • Jamiyat
  • Hindiston prezidenti hamdardlik nomasini yubordi

    Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    Hindiston prezidentining Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga yo‘llagan hamdardlik xatida shunday deyilgan:

    “Men O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov janobi oliylarining vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘uga tushdim. Men marhumning yaqinlariga, O‘zbekiston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardligimni bildiraman”.

    Pranab Kumar Mukerji Islom Karimov Hindistonda katta hurmatga ega ekanini qayd etgan. Uning 2011 yilgi Hindistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlari strategik darajaga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tdi.

    “Uning boshqaruvi davrida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohada ulkan rivojlanishlarga erishdi. Islom Karimovning siyosati mamlakat xalqining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan”, deydi Mukerji.

    Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xorijga qilgan ilk mustaqil tashrifi 1991 yilning 17 avgustida Hindistonga bo‘lgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hindiston prezidenti hamdardlik nomasini yubordi