11:41 / 06.09.2016
7 903

YuNESKO sayyoramizda necha kishi savodsiz ekanini ma’lum qildi.

YuNESKO sayyoramizda necha kishi savodsiz ekanini ma’lum qildi.

Sayyoramizning 758 million katta yoshdagi aholisi savodsiz bo‘lib qolmoqda, ularning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu haqda "RT" nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

YuNESKOning bosh direktori Irina Bokovaning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktabga bormaydigan bolalarning soni 263 million kishiga etgan. Ularning uchdan biri mojarolar bo‘layotgan hududlarda yashaydi.

“Maktablarga hujumlar soni ortmoqda. Statistika ko‘ra, maktabga bormaydigan muhojir-bolalarning soni besh marotaba oshishi mumkin”, deydi Bokova.

“Eng og‘ir yuk xotin-qizlar bo‘yniga tushdi. Sahroi Kabirning janubida joylashgan Afrika davlatlarida qizlarning noqulay sharoitda ekanligi bois, ular 2086 yilga borib maktabga boorish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bunday bo‘lmasligi uchun davlatlardagi ta’lim bilan bog‘liq yondashuvlarni o‘zgartirish kerak”, deb ta’kidladi YuNESKO bosh direktori.

YuNESKO ta’limni birinchi o‘ringa qo‘yishni taklif etadi: “Yondashuvlarni o‘zgartish kerak. Ayniqsa, o‘rtacha va past daromadga ega bo‘lgan davlatlarda bilim salohiyatini barcha jabhalarda safarbar etish kerak”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YuNESKO sayyoramizda necha kishi savodsiz ekanini ma’lum qildi.