Muftiy Abdulaziz Ash-Shayx Eron oyatullohi Ali Hamanoiy Saudiya hukumatini o‘tgan yili Haj amallarini bajarayotib, u erdagi tirbandlik tufayli hayotdan ko‘z yumgan musulmonlarning o‘limida ayblaganidan so‘ng unga nisbatan shunday munosabat bildirdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Bunday ayblovlar ikki mamlakat munosabatlarining keskinlashuvini bildiradi.
Hamanoiy dushanba kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida saudiyaliklarni Haj safarini ado etayotganlarga suv berib yoki tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rniga shafqatsiz qotillar sifatida o‘lishiga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblaydi.
Saudiya muftiysi esa Hamanoiyning bunday ayblovidan “ajablanmasligi”ni aytdi.
“Shuni anglab etish kerakki, ular (eronliklar) musulmon emas, chunki ular maju’s avlodlaridir va ularning musulmonlarga, ayniqsa sunniy mazhabdagi musulmonlarga bo‘lgan adovati azaldan ma’lum”, - dedi saudiyalik muftiy.
Manbaga ko‘ra, 2015 yilda Haj ziyorati davomidagi tirbandlik natijasida kamida 2 426 kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida eng ko‘p halok bo‘lganlar, ya’ni 464 nafar kishi Eronga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi