13 754
Shavkat Mirziyoyev: “Mamlakatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasligi bo‘yicha siyosatni qat’iy davom ettiramiz”
8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri-Prezidentlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etib, kelgusidagi faoliyat, mamlakat oldida turgan ustuvor masalalar haqida gapirdi. Shavkat Miromonovich o‘zi nutqida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarni 6 yo‘nalishga ajratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash va o‘ta kambag‘allar hamda o‘ta boylar bo‘lmasligi bo‘yicha siyosatni davom ettirish masalasiga to‘xtaldi.
“Eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa – Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholining mehnat bilan bandligini oshirish dasturini bajarishdan iborat. Yil oxiriga qadar bir milliondan ziyod yangi ish o‘rinlarini tashkil etishimiz zarur. Kasb-hunar kollejlarining 480 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish masalasi alohida nazoratni talab qiladi.
Biz jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish darajasini pasaytirish, mamlakatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasligi bo‘yicha Islom Abdug‘anievich tomonidan belgilab berilgan siyosatni qat’iy davom ettiramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda